Pseudoclausia
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

Pseudoclausia 
Liliaceae 
Liliaceae 
Melanthiaceae 
Orchidaceae 
Paeoniaceae 
Dipsacaceae 
Cyperaceae 
Caryophyllaceae 
Caprifoliaceae 
Fumariaceae 
Asteraceae 
Asteraceae 
Home>O`simliklar>Pseudoclausia

 

 

 

1.

Zarafshon soxta klausiyasi

Pseudoclausia sarawschanica (Regel et Schmalh.) Botsch.

 

Kamyoblik darajasi 2. O`zbekistonning janubi-g`arbidagi kamyob, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 60-70 sm ga yetadigan oddiy, uzun hamda bezchasimon tuklar bilan qoplangan bir yoki ikki yillik o`t. Yakka poyali, tubidan shoxlangan. Barglari to`mtoq cho`ziq, patsimon bo`lakli. Gullari binafsha rangli. Qo`zog`i tuksiz yoki tukli, yetilganda tasbehsimon. Aprel-may oylarida gullab, meva beradi.

Tarqalishi. Nurota, Oqtog` tizmalarida, Zirabuloq tog`larida hamda Zarafshon daryosi vodiysidagi past tog`larda uchraydi (Navoiy va Samarqand viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning pastki va o`rta qismlarida shag`alli va mayda zarra tuproqli joylarda, shuvoq, buta va chala butalar orasida o`sadi.

Soni. Tabiatda yakka-yakka holda yoki 2-10 tadan to`p-to`p bo`lib uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollarining ko`plab boqilishi va urug`ning yaxshi unib chiqmasligi sababli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Alohida muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Zirabuloq tog`larida qo`riqxona tashkil qilish va tabiatda va madaniy holda uning biologiya hamda ekologiyasini o`rganish lozim.

 

 

2.

Olga soxta klausiyasi

Pseudoclausia olgae (Regel et Schmalh.) Botsch.

 

Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloy tog`laridagi kamyob tur.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 20 sm ga yetadigan ikki yillik o`t. Qo`zog`idan tashqari butun o`simlik uzun, oddiy tuklar bilan qoplangan. Poyasi yakka. Barglari bandli, yaprog`i cho`ziqroq, patsimon bo`lakli, bo`lakchalari cho`ziq, o`tkir uchli. Tojbarglari binafsha yoki oqish-binafsha rangli. Qo`zog`i yuqoriga yo`nalgan, tasbehsimon. May oyida gullab, iyun-sentabrda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Zarafshon, Nurota va Hisor tizmalarida uchraydi (Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta qismida yumshoq tuproqli yonbag`irlarda va tub jinslar chiqib qolgan joylarda o`sadi.

Soni. Kichik-kichik to`plar hosil qilgan holda uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Ko`plab chorva mollarining boqilishi va odamlarning bevosita ularga bo`lgan ta'siri hamda urug`idan yaxshi unib chiqmasligi ularni kamayib ketishiga salbiy ta'sir ko`rsatmoqda.

Madaniylashtirilishi. Ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005